Belgorodning kuchli o‘qqa tutilishining oqibatlari: qurbonlar, ko‘plab vayronalar...

Belgorodning kuchli o‘qqa tutilishining oqibatlari: qurbonlar, ko‘plab vayronalar...

Belgorod viloyati gubernatori Vyacheslav Gladkov Ukraina qurolli kuchlarining Belgorodga uyushtirgan yirik hujumi chog‘ida mahalliy aholidan biri halok bo‘lgani, yana 29 kishi, jumladan, bir bola yaralangani haqida xabar berdi.

Unga ko‘ra, jabrlanganlarning barchasi Belgoroddagi tibbiyot muassasalariga yetkazilgan.

Hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, o‘qqa tutilish chog‘ida viloyat markazidagi 22 ta ko‘p qavatli uydagi 49 ta xonadon va to‘rtta tijorat ob’ekti zarar ko‘rgan.

«To‘rtta ijtimoiy ahamiyatga ega ob’ektning oynalari shikastlangan», - dedi Gladkov.

Shuningdek, 21 ta mashina zarar ko‘rgan, ulardan oltitasi yonib ketgan, dedi gubernator.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!