Shomurodov 82 daqiqa o‘ynagan bahsda "Kalyari" "Milan"ga yirik hisobda yutqazdi

Shomurodov 82 daqiqa o‘ynagan bahsda "Kalyari" "Milan"ga yirik hisobda yutqazdi

Italiya A Seriyasining 36-turida "Kalyari" "Milan" mehmoni bo‘lib, 1:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Mezbonlar tarkibida Pulishich dubl qilgan bo‘lsa, Bennaser, Reynders va Leaular bittadan gol urdi. "Kalyari"dan esa Nandes esa javob qaytardi.

Legionerimiz Eldor Shomurdov asosiy tarkibda maydonga tushib, 82-daqiqada almashtirildi. U sheriklariga 16 ta aniq pas berib, darvozaga bitta zarba yo‘lladi. Hujumchiga "Sofa Score" tomonidan 6,2 ball berildi.

Shu tariqa, "Milan" ikkinchi o‘ringa mustahkam o‘rnashib oldi. "Kalyari" 15-pog‘onada bormoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!