Namoyishlar Isroilni larzaga solmoqda

Namoyishlar Isroilni larzaga solmoqda

11 may kuni kechqurun butun Isroil bo‘ylab hukumatdan HAMAS tomonidan garovga olinganlarni ozod qilish va Knessetga muddatidan oldin saylovlar o‘tkazish talabi bilan mitinglar bo‘lib o‘tdi. Ularda o‘n minglab odamlar ishtirok etdi.

Isroilning "Details" nashri Tel-Avivda asosiy namoyish Kaplan chorrahasida bo‘lib o‘tganini xabar qildi. Garovga olinganlarning oilalari forumi tomonidan tashkil etilgan navbatdagi miting Tel-Aviv san’at muzeyi yonidagi maydonda bo‘lib o‘tdi. Bir guruh garovga olinganlarning qarindoshlari Ayalon shossesini to‘sib qo‘ygan.

Asirlarning yana bir guruh qarindoshlari Kiriya Mudofaa vazirligi majmuasiga kiraverishda norozilik bildirishdi.

Tel-Avivdagi kamida uch namoyishchi hibsga olingan. Azriyeli chorrahasida polisiya va namoyishchilar o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz bergan. Polisiya suv purkagichlardan foydalangan.

Hayfada ham norozilik mitingi bo‘lib o‘tdi. Quddusda namoyishchilar Prezident uyiga yig‘ildi. Mitinglar Bersheva, Kesariya, Gerzliya, Rehovot, Eylat va boshqa shaharlarda ham bo‘lib o‘tdi.

Namoyishlar oldidan asirlarning ayrim oilalari matbuotga bayonot berdi. Ularga ko‘ra, Benyamin Netanyaxu Isroilda hokimiyat tepasida ekan, ularni qaytarib bo‘lmaydi. Garovga olinganlardan birining qarindoshi so‘nggi ikki hafta ichida Netanyaxu garovga olinganlarni qutqarish bo‘yicha kelishuvga jinoiy ravishda sabotaj qilgani va aynan u tufayli garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha kelishuv mavjud emasligini aytdi.

Garovga olinganlarning yaqinlari isroilliklarni namoyishga qo‘shilishga chaqirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!