Erdo‘g‘on AQShga tashrifining bekor qilinishini tushuntirdi

Erdo‘g‘on AQShga tashrifining bekor qilinishini tushuntirdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning 9 mayga mo‘ljallangan AQShga tashrifi Turkiya rahbari va AQSh prezidenti Jo Bayden o‘rtasidagi ziddiyatli jadvallar tufayli qoldirildi. Erdo‘g‘on bu haqda "Katimerini" gazetasiga bergan intervyusida, Gresiya Bosh vaziri Kiriakos Misotakisning 13 may kuni Anqaraga tashrifi oldidan yozma ravishda savollariga javob berar ekan to‘xtalib o‘tdi.

“Bizning AQShga tashrifimiz ikki tomonning bir-biriga mos kelmaydigan jadvali tufayli qoldirildi. Ma’lumki, yaqinda Qo‘shma Shtatlarda saylovlar bo‘lib o‘tadi va janob Baydenning jadvali yanada gavjum bo‘ldi. Bizning dasturlarimiz ichki va xalqaro miqyosda jadal davom etmoqda. Bunday tashriflar har ikki tomon uchun qulay vaqtda amalga oshiriladi. Do‘stlarimiz o‘z suhbatdoshlari bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda, tegishli sanani belgilash bo‘yicha harakatlar davom etmoqda”, — dedi Turkiya prezidenti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!