O‘zbekiston Superligasi. "Paxtakor" derbida g‘alaba qozondi, "Metallurg" esa "Qizilqum" bilan durang o‘ynadi

O‘zbekiston Superligasi. "Paxtakor" derbida g‘alaba qozondi, "Metallurg" esa "Qizilqum" bilan durang o‘ynadi

O‘zbekiston Superligasi 7-tur o‘yinlari start oldi.

Toshkent derbisida "Olimpik" o‘z maydonida "Paxtakor"ni qabul qilib, 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Dastlab, 79-daqiqada Hamdamov hisobni ochdi. Bozorov so‘nggi daqiqalarda imkoniyatlarni tenglashtirgan bo‘lsa, Usmonov oradan ko‘p o‘tmay yana jamoasini oldinga olib chiqdi.

Shuningdek, "Metallurg" va "Qizilqum" jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishdi va o‘yinda hisob ochilmadi.

Ma’lumot uchun, "Paxtakor" turnir jadvalida 5-o‘ringa chiqib oldi. "Olimpik" esa 11-pog‘onada joylashgan. Bekobodliklar 13, navoiliklar esa 7-o‘rinni band etib turibdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!