Berlinda fojia: avtomobil odamlar ustiga bostirib bordi

Berlinda fojia: avtomobil odamlar ustiga bostirib bordi

Berlinda avtomobil haydovchisi 26 iyul kuni ertalab olomon orasiga kirib ketdi. Bu haqda shahar yong‘in boshqarmasi tvitterdagi sahifasida xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, avtomobil yo‘ldan chiqib, Charlottenburg tumanida joylashgan Xardenbergplats yaqinidagi piyodalar yo‘lagiga chiqib ketgan. Avtofalokat natijasida 7 kishi jabrlangan, uch kishining ahvoli og‘ir.

Hodisa sabablari polisiya tomonidan aniqlanmoqda. Yong‘in xizmatining 60 xodimi voqea joyida ishlamoqda, qutqaruv vertolyotlari jalb qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!