Belarusda norozilik oqibatlari: qurbon bor

Belarusda norozilik oqibatlari: qurbon bor

Minsk va Belorusning boshqa shaharlaridagi tungi norozilik namoyishlari natijasida 213 kishi hibsga olingan, deya xabar beradi Belarus inson huquqlari markazi.

Manbada qayd etilishicha, Belarus poytaxtida 110 kishi hibsga olingan, shu jumladan, saylov uchastkalarida 15 dan ortiq kuzatuvchi ham ushlangan.

Gomel, Baranovichi, Grodno, Vitebsk, Mogilev va boshqa shaharlarda o‘nlab odamlar "qo‘lga olingan", ushlanganlar orasida jurnalistlar ham bor.

Bundan tashqari, huquq himoyachilari polisiya bilan to‘qnashuvlar natijasida bir kishi halok bo‘lganligi haqidagi ma’lumotni tasdiqlashdi. Erkak miyasidan og‘ir jarohati olgan. 

Avvalroq Belorusiya Tergov qo‘mitasi polisiyaga qarshi tartibsizliklar va zo‘ravonlik faktlari bo‘yicha bir nechta jinoiy ish qo‘zg‘atgan.

Yakshanba kuni Belorusda prezident saylovlari bo‘lib o‘tdi. Markaziy saylov komissiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatning amaldagi rahbari Aleksandr Lukashenko taxminan 80 foiz ovoz bilan g‘alaba qozongan. Raqibi Svetlana Tixanovskaya, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 7 foiz ovoz olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!