Bayden va Tramp birinchi debatda nimalar dedi?

Bayden va Tramp birinchi debatda nimalar dedi?

AQShda 27 iyun kuni Demokratlar va Respublikachilar partiyalaridan AQSh prezidentligiga ehtimoliy nomzodlar — Jo Bayden va Donald Tramp o‘rtasida ilk debat bo‘lib o‘tdi. Tomoshabinlar amaldagi prezidentni g‘ayrioddiy deb baholadilar va The New York Times ta’kidlashicha, uning «ajabtovur va tushunarsiz» chiqishi demokratlar orasida vahima qo‘zg‘atdi va Bayden 2024 yil noyabrdagi saylovda qatnashishi kerakmi yoki yo‘qmi degan savollar uyg‘ongan.

Teledebat Jorjiya shtatining Atlanta shahridagi CNN studiyasida bo‘lib o‘tdi. Ular odatda saylovlar oldidan o‘tkazilardi, biroq endi ular ikkala nomzod ham prezidentlikka nomzod sifatida rasman ko‘rsatilishidan oldin bo‘lib o‘tdi.

Qolaversa, ko‘p yillar davomida birinchi marta birinchi teledebat tashkilotchisi prezidentlik debatlari bo‘yicha mustaqil komissiya emas, balki xususiy telekanal bo‘ldi.

An’anaga zid ravishda, studiyada shovqinni kamaytirish uchun zalda tomoshabinlar yo‘q edi. Bayden va Trampning mikrofonlari faqat gapirish navbati kelganda yoqildi. Bu chora nomzodlar bir-biriga xalaqit bermaslik uchun ko‘rildi. 2020 yilda ikki siyosatchi o‘rtasidagi bahs o‘zaro to‘qnashuvga aylanib ketgandi: jurnalistlarning hisobiga ko‘ra, Tramp Baydenni 71 marta, Bayden esa Trampning 22 marta gapini bo‘lgan.

Har bir nomzodga qalam, qog‘oz va suv shishasi berildi. Ularga o‘zlari bilan yozma avvaldan yozilgan qaydlar olib kelish taqiqlandi.

Debat taxminan bir yarim soat davom etdi, ikki reklama tanaffuslari bilan birga nomzodlarga saylovoldi tashviqoti xodimlari bilan aloqa qilish taqiqlandi.

Bahsni kutar ekan, ko‘pchilik yangi qoidalar jonli auditoriya bilan muloqot qilishga odatlangan Trampga xalaqit beradi, deb taxmin qilgandi, biroq ular uning foydasiga chiqdi, deb yozadi Politico. Bayden to‘xtovsiz gapirishga majbur bo‘ldi va uning duduqlanishi sezilarli edi. Tramp va Baydenning yuzlari ekranda bir vaqtning o‘zida birga ko‘rsatildi, bu ham amaldagi prezident uchun kamchilikka aylandi

Bahslar davomida asosiy mavzular iqtisodiyot, abort, noqonuniy migrasiya va xalqaro siyosat bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!