«Barselona» Ronaldu uchun «Yuventus»ga ikki futbolchisini bermoqchi. Ular kimlar?

«Barselona» Ronaldu uchun «Yuventus»ga ikki futbolchisini bermoqchi. Ular kimlar?

«Barselona» klubi Krishtianu Ronaldu uchun «Yuventus»ga ikki nafar futbolchisini berishga tayyor, deya xabar bermoqda AS.

Manbaning yozishicha, Kataloniya klubi portugaliyalik 36 yoshli hujumchi uchun Turin klubiga Antuan Grizmann, Serxi Roberto va Filippe Koutinyo singari o‘yinchilardan ikki nafarini berishga tayyor.

Avvalroq, «Barsa» prezidenti Joan Laporta Messi bilan birga Ronalduni ham o‘z jamoasida ko‘rmoqchi ekani haqida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, Krishtianuning «Yuventus» bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilda yakuniga yetadi. Portugaliyalik forvard yakunlangan mavsumda 29ta golga mualliflik qilib, A Seriyaning eng yaxshi to‘purariga aylangandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!