"Barselona" Levandovskiga "Manchester Siti" hujumchisini o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda

"Barselona" Levandovskiga "Manchester Siti" hujumchisini o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda

"Barselona" "Manchester Siti" hujumchisi Xulian Alvaresni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, deb xabar beradi Diario Sport.

Manba bergan xabarga ko‘ra, Kataloniya klubi bosh murabbiyi Xavi Ernandes argentinalik forvardga muxlislik qiladi va yaqin orada u bilan birga ishlamoqchi.

23 yoshli futbolchining "shaharliklar" bilan shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali uni 80 million yevroga baholamoqda, ammo OAV xabarlariga ko‘ra, uning shartnomasida tovon puli 50 million yevroni tashkil qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!