"Barsa" Pedri va Gavi uchun boshqa yulduzini qurbon qilishiga to‘g‘ri keladi

"Barsa" Pedri va Gavi uchun boshqa yulduzini qurbon qilishiga to‘g‘ri keladi

Kataloniyaning "Barselona" klubi rahbariyati yozgi transfer oynasida himoyachi Ronald Arauxoni sotish haqida o‘ylamoqda, deb xabar beradi Marca.

Klub prezidenti Joan Laportaga pul kerak, shuning uchun u urugvaylik futbolchini qurbon qilishga tayyor. Klub transfer uchun taxminan 80 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda. Laporta jamoada o‘sib borayotgan yarim himoyachilar Pedri va Gavini saqlab qolish uchun Ronaldni sotadi.

Arauxoga da’vogarlar orasida "Bavariya" va "Manchester Yunayted" bor. La Liganing joriy mavsumida 25 yoshli himoyachi 22 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi va 5 ta sariq kartochka oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!