Ayub Shahobiddinov va Zulfiqor Musoqov Badiiy kengashni tark etdi. Nega?

Ayub Shahobiddinov va Zulfiqor Musoqov Badiiy kengashni tark etdi. Nega?

Ijtimoiy tarmoqlarda «O‘zbekkino» Milliy agentligi Badiiy kengashi tarkibidan Ayub Shahobiddinov va Zulfiqor Musoqovning chiqib ketishi bilan bog‘liq vaziyat muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Ta’kidlash joizki, Badiiy kengash a’zolarining kengash tarkibida qolishi yoki chiqib ketishi tegishli tartibda, shuningdek, kengash a’zolarining o‘z xohishiga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin. Gap shundaki, Ayub Shahobiddinov Agentlik bosh direktori nomiga ariza bilan murojaat qilib, asosiy ish joyi – “Milliy” telekanalidagi ish hajmini to‘liq bajarishga vaqti yetmayotgani tufayli Badiiy kengash tarkibidan chiqarishni so‘ragan. 

Buni Shahobiddinovning o‘zi yana bir bor tasdiqlab, har xil «o‘yinlarga» aralashtirmaslikni, uning nomidan foydalanmaslikni so‘radi. Zulfiqor Musoqov ham o‘z xohishiga ko‘ra Badiiy kengash tarkibidan chiqish haqida ariza yozgan.

O‘zbek kinosining yetuk rejissyorlari Zulfiqor Musoqov va Ayub Shahobiddinovning keyingi ijodiy faoliyatiga Badiiy kengash a’zolari nomidan muvaffaqiyat tilaymiz. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi ba’zi foydalanuvchilaridan bu mavzuni noto‘g‘ri talqin qilmasliklarini so‘raymiz, deyiladi «O‘zbekkino» Milliy agentligi Badiiy kengash xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!