Ayol haydovchi "Toshkent-Samarqand" yo‘nalishidagi "GAI" xodimiga 300.000 so‘m bergani haqida so‘zlab berdi (video)

Ayol haydovchi "Toshkent-Samarqand" yo‘nalishidagi "GAI" xodimiga 300.000 so‘m bergani haqida so‘zlab berdi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan dolzarb videolavhalardan biri @SirdaryoBOT orqali kelib tushdi.

Videotasvirda so‘zlayotgan ayol haydovchiga ko‘ra, mazkur holat joriy yilning 10-fevral kuni "Toshkent-Samarqand" yo‘nalishida, Guliston shahridan o‘tgandan keyingi burilishdan keyingi 2-postda (katta ehtimol bilan "Manas" postida) sodir bo‘lgan.

Haydovchiga ko‘ra, uning "muammo"sini hal qilish maqsadida "GAI" xodimi bilan "savdolashgan" va 300 ming so‘m pul bergan.

"460 ming bering yetadi dedi, yo‘q dedim... 300da to‘xtadik... berdim, uyalmasdan oldi, ochiqchasiga savdolashdi man bilan...", — deya video ostidagi izohlarda unga savol bergan folloverlariga javob bergan haydovchi.

Ushbu holat tegishli tartibda o‘rganilib chiqilishiga umid qilib qolamiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!