Ayol devordagi gulqog‘oz ortidan ajabtovur, ammo foydali xabar topib oldi...

Ayol devordagi gulqog‘oz ortidan ajabtovur, ammo foydali xabar topib oldi...

Bu voqea Avstraliyada sodir bo‘ldi. Ayol yaqinda yangi uyga ko‘chib o‘tgandi. Uyni boshqatdan, o‘z didiga mos qilib ta’mirlashni istadi va eski gulqog‘ozlarni ko‘chira boshladi. Ana shunda gulqog‘ozlar ortida kutilmagan bir xabarga ko‘zi tushdi. Xabar siyoh bilan bitilgan, xabarda shunday jumlalarni o‘qish mumkin edi: “Agar siz shu uyni sotib olsangiz-u, boshqatdan ta’mirlashni istab qolsangiz, biling, uy devorlariga jami 8 ta rulon gulqog‘oz zarur bo‘ladi. Men ahmoq har biri 17 dollar turadigan rulonlarning atigi 6 tasini olibman. Yetmadi. Shu narsa menga juda alam qildi. 1997 yil 21 dekabr.”
Qarangki, ayol ham atigi 6 rulon gulqog‘oz sotib olgandi. Azbaroyi xursand bo‘lganidan yugurgancha chiqib do‘kondan yana ikki rulon gulqog‘oz sotib oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!