Avstraliyada jasadni o‘z uyida 15 yil yashirib yurgan erkak aniqlandi

Avstraliyada jasadni o‘z uyida 15 yil yashirib yurgan erkak aniqlandi

Avstraliyaning Sidney shahri chekkasida yashovchi Bryus Roberts bundan 15 yil oldin bir odamni o‘ldirgan va jasadini o‘z uyiga yashirgan, mumiyalangan qoldiqlar oradan shuncha vaqt o‘tib topildi.

Sheyn Snellmanning jasadi Bryus Robertsning vafotidan keyingina topilgan. Favqulodda vaziyatlar xodimlari Roberts uyi oldida yig‘ilgan xatlardan qo‘rqib, qo‘shnilar ularni chaqirgandan keyin uy egasini o‘lik holda topishdi. Sudya erkak tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan degan xulosaga keldi. Bir yil o‘tgach, uyga chaqirilgan farroshlar Snellmanning jasadini, shuningdek, kamida 19 dona o‘qotar qurolni topdilar.

Sud tekshiruvi natijasida Roberts 2002 yilda uyga kirmoqchi bo‘lganida Snellmanni otib tashlaganligi aniqlandi. Roberts uydan deyarli chiqmagan va 15 yil davomida Snellmanning jasadini yotoqxonasida yashirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!