Avstraliyada bir haftalik karantin boshlandi

Avstraliyada bir haftalik karantin boshlandi

Avstraliya poytaxti Kanberrada koronavirusga chalingan 4 kishi aniqlangandan keyin bir haftalik karantin kiritildi.

Virus tarqatuvchisi Gangalin okrugida yashovchi 20 yoshli yigit bo‘lgan. Uning 8 avgustda koronavirusga topshirgan testi musbat chiqqan. Shahar bosh sanitar shifokori Kerrin Koulman yigit bilan muloqotda bo‘lgan yana 3 erkakda virus aniqlanganini ma’lum qilgan.

Hukumatning ta’kidlashicha, virusning yangi avj olishi Avstraliya oxirgi 12 oy ichida to‘qnash kelgan eng jiddiy vaziyat bo‘lishi mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra, Avstraliyada oxirgi kasallanish holati 105 kun avval, Kanberrada esa bir yildan ko‘proq vaqt oldin yuz bergan.

Shu sababli 12 avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 17da Kanberrada bir haftalik karantin kiritishga qaror qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!