Armaniston armiyasi Nikol Pashinyanning iste’foga chiqishini talab qildi

Armaniston armiyasi Nikol Pashinyanning iste’foga chiqishini talab qildi

Armaniston armiyasi Nikol Pashinyanning iste’foga chiqishini talab qildi.

Armaniston Qurolli Kuchlari Bosh shtabining qisqacha talabi quyidagicha:

«Qurolli Kuchlar Bosh shtabi Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari qisqa muddatda va asossiz sabablarga ko‘ra ishdan bo‘shatilganligi munosabati bilan qat’iy norozilik bildirmoqda.

Armaniston Qurolli Kuchlari uzoq vaqtdan buyon hozirgi hukumat tomonidan Qurolli Kuchlarni obro‘sizlantirishga qaratilgan "hujumlarga" sabr-toqat bilan dosh berdilar, ammo hamma narsaning o‘z chegarasi bor.

Bundan buyon Armaniston Bosh vaziri va hukumati ushbu inqiroz va arman xalqi uchun ahamiyatli vaziyatda yetarli darajada qaror qabul qila olmayapti.

Mavjud vaziyat bilan bog‘liq ravishda, Armaniston qurolli kuchlari Armaniston Respublikasi Bosh vaziri va hukumatining iste’fosini talab qilmoqda, shu bilan birga farzandlari Vatan va Arsaxni himoya qilgan holda halok bo‘lgan odamlarga qarshi kuch ishlatmaslik kerakligini ogohlantirmoqda.

Armiya azaldan xalq bilan bo‘lganidek, xalq ham armiya bilan birga bo‘lgan".

Ayni paytda Pashinyan sodir bo‘layotgan voqealarni harbiy to‘ntarish deb atadi va tarafdorlarini Respublika maydoniga kelishga undadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!