Arisdagi portlashlar sabab O‘zbekistonning sakkizta poyezdi harakati vaqtincha to‘xtatildi

Arisdagi portlashlar sabab O‘zbekistonning sakkizta poyezdi harakati vaqtincha to‘xtatildi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» matbuot xizmati Qozog‘istonning Aris shahridagi harbiy qismda yuz bergan portlash munosabati ayrim poyezdlar harakatlanishi vaqtincha to‘xtatilganini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, «Qazaqstan temir jo‘li» kompaniyasi tomonidan harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida ayrim yo‘lovchi poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatilgan (ayrim poyezdlar harakati 24 iyunning o‘zidayoq to‘xtatilgan edi.

Quyidagi yo‘lovchi poyezdlarining Aris stansiyasi orqali harakati vaqtincha to‘xtatiladi:

№5/6 Toshkent – Moskva
№149/150  Andijon – Moskva
№315/316  Toshkent – Qozon
№369/370  Toshkent – Novosibirsk
№381/382  Toshkent – Ufa
№365/366  Toshkent – Chelyabinsk
№321/322  Olmaota – Nukus
№2/1  Olmaota – Toshkent

«Mazkur yo‘nalishlar uchun chiptalarni sotib olgan yo‘lovchilarga temiryo‘l kassalariga yo‘l hujjatlari (chiptalari) taqdim etilganida chiptalarning qiymati to‘laligicha qaytariladi», — deyiladi «O‘zbekiston temir yo‘llari»ning xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!