Argentina karantin muddatini yana uzaytirdi

Argentina karantin muddatini yana uzaytirdi

Argentina hukumati koronavirusga chalinish suratining oshishi tufayli mamlakatda joriy etilgan karantin muddatini yana bir oyga, 31 maygacha uzaytirishga qaror qildi.

“REGNUM” xabarida aytilishicha, bu haqda mamlakat prezidenti Alberto Fernandes o‘zining telemurojaatida ma’lum qilgan.

Fernandesning ta’kidlashicha, virusga chalinish holatlarini, hech bo‘lmasa, karantin choralari bilan kamaytrishga urinib ko‘rish lozim .

“Buenos-Ayres tumanlaridagi vaziyat murakkabligicha qolmoqda. Biz kasallikka chalinishning barqaror pasayishini kutishimiz kerak”, dedi u.  


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!