AQShda Tolibonning Afg‘onistonni bosib olishi sabablari ma’lum bo‘ldi

AQShda Tolibonning Afg‘onistonni bosib olishi sabablari ma’lum bo‘ldi

AQSh Qurolli Kuchlari Bosh shtabii raisi, general Mark Milli Fox News telekanaliga bergan izohida Afg‘onistonni Tolibon qo‘lga olishining sababini oshkor qildi.

Uning fikricha, fuqarolarning hukumatga ishonmasligi va uning korrupsiyasi hokimiyatni qo‘lga kiritishga olib keldi. “Hukumatning o‘zi xalq oldida qonuniylikka ega emas. Oxirida nima bo‘lganini ko‘rdingiz. Yuqori hukumat elitasi, ularning hammasi tom ma’noda ishdan chiqqan”, - dedi amerikalik general.

U, shuningdek, Afg‘oniston hukumati rasmiylar kutganidan ancha erta qulaganini qayd etdi. "Afg‘on armiyasining qulashi deyarli hamma uchun, afg‘on hukumati qulashi kabi, tezroq va kutilmaganda sodir bo‘ldi", - dedi Milli.

Avvalroq Tolibon harakati vakili Suxeil Shohin AQShdan Afg‘onistonning madaniy asoslarini o‘zgartirishga urinmaslikni so‘ragandi. Uning ta’kidlashicha, AQShning hijobsiz ayollarga ta’lim olish imkoniyatini berish zarurligi haqidagi bayonotlari Afg‘oniston madaniyatini o‘zgartirishga urinishdir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!