AQShda haydovchi Rojdestvoni nishonlayotganlarni bosib ketdi

AQShda haydovchi Rojdestvoni nishonlayotganlarni bosib ketdi

Amerikaning Viskonsin shtati Uokesha shahrida 21 noyabr, yakshanba kuni avtomobil Rojdestvo kortejiga uchib kirib, uning ishtirokchilarini urib yubordi, deb xabar bermoqda mahalliy CBS58 telekanali.

Ma’lum qilinishicha, voqea sodir bo‘lganidan keyin voqea joyida otishma yangragan. Oqibatda juda ko‘p odam tan jarohati oldi. Shu bilan birga, ommaviy axborot vositalari o‘lganlar haqida ma’lumot bermaydi.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomoshabinlar va kortej ishtirokchilarini evakuasiya qilmoqda.

Twitter foydalanuvchilari tomonidan joylangan videolarda mashina yuzlab odamlar, jumladan, ko‘plab bolalar ko‘z o‘ngida orqadan katta tezlikda musiqachilar karvoniga borib urilgani, odamlarni urib, to‘xtamasdan yo‘lida davom etayotgani ko‘rsatilgan.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqda polisiyaga tayanib, kamida bir kishi halok bo‘lgani, 20 dan ortiq kishi jarohatlangani xabar qilingan. Haydovchining shaxsi aniqlangan. U mast bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!