AQShda dunyodagi eng keksa milliarderlardan biri vafot etdi

AQShda dunyodagi eng keksa milliarderlardan biri vafot etdi

Amerikalik mediamagnat, milliarder Samner Redstoun Los-Anjelesda 97 yoshida vafot etdi.

Bu haqda “The New York Times” gazetasi yozmoqda.

Tadbirkorning vafoti Redstounning otasi tomonidan asos solingan “National Amusements” xususiy televizion, kino va teatr tarmog‘i tomonidan e’lon qilindi.

O‘lim sababi noma’lum. Biznesmen yordamchisining so‘zlariga ko‘ra, bu COVID-19 bilan bog‘liq emas.

Redstoun “Viacom” va “CBS” telekanallarining 80 foiziga egalik qilgan.

“Forbes” ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda uning boyligi 3 milliard dollarga baholangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!