AQSh yong‘in ichida. Qurbonlar soni ortib boryapti

AQSh yong‘in ichida. Qurbonlar soni ortib boryapti

Avvalroq. AQShning Kaliforniya shtatida o‘rmon yong‘inlari davom etayotgani va qurbonlar soni ortib borayotgani haqida xabar bergandik.
 
Bugun, 15 noyabr kuni Kaliforniya shtatidagi o‘rmon yong‘inlarida halok bo‘lganlar soni 59 nafarga yetdi. Bu haqda shtat mahalliy hukumati ma’lum qilgan.
 
Shtat shimolida Camp yong‘ini davom etyapti. Byutt okrugi sherifi Kori Xonining so‘zlariga ko‘ra, 56 kishi yong‘in qurboniga aylangan. 130 nafarga yaqin odamning qayerdaligi hamon noma’lum.
 
Shtat janubidagi Malibu shahri atrofida kamida uch nafar odam halok bo‘lgan.
 
Camp yong‘ini egallagan maydon ayni vaqtlarda 55 ming gektarga yetgan. O‘t o‘chiruvchilar shamol tezligi pasayganidan foydalanib, yong‘in yoyilayotgan maydonni biroz qisqartirishga muvaffaq bo‘lgan. Yong‘inning katta qismi yetib borish qiyin bo‘lgan joylarga to‘g‘ri kelishi ta’kidlangan.
 
Byut okrugi sherifining so‘zlariga ko‘ra, chorshanba kuni qo‘shimcha 287 nafar qidiruvchilar yordamga kelgan. Qidiruv ishlarida jami 461 nafar odam va 22 nafar maxsus o‘rgatilgan it ishtirok etyapti. Okrugda halok bo‘lgan 56 nafar kishining 47 nafarining shaxsini aniqlashga muvaffaq bo‘lingan.

Manba: qalampir.com


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!