AQSh va Fransiya o‘rtasida savdo urushi xavfi vujudga keldi

AQSh va Fransiya o‘rtasida savdo urushi xavfi vujudga keldi

AQSh Fransiya hukumatining raqamli xizmatlar ko‘rsatuvchi kompaniyalar qo‘shimcha soliq joriy etish rejasiga qarshi tergov boshladi.

Bordi-yu ushbu qaror loyihasi senat tomonidan ma’qullansa, dunyo bo‘ylab yillik daromadi 750 mln.evrodan ortuvchi va Fransiyadagi daromadi 25 mln.evroga teng bo‘lgan IT kompaniyalaridan qo‘shimcha yig‘im undiriladi. Yangi soliq miqdori kompaniyalar yillik daromadining 3 foizini tashkil etadi. Ushbu soliq turi Amerikaning bir qator yirik texnologik kompaniyalari jumladan, Apple, Google,Amazon va Facebook ta’sir etishi taxmin qilinmoqda. Agar tergov natijalariga ko‘ra raqamli xizmatlarga solingan soliq AQSh uchun adolatsiz bo‘lib chiqsa, Vashington Parijga nisbatan javob choralarini qo‘llashni ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!