AQSh Ukrainaga safarbarlik to‘g‘risidagi qonunni qabul qilish bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda asosiy rol o‘ynagan

AQSh Ukrainaga safarbarlik to‘g‘risidagi qonunni qabul qilish bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda asosiy rol o‘ynagan

AQSh rasmiylari Ukraina hukumatiga safarbarlik to‘g‘risidagi qonunni qabul qilish bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda asosiy rol o‘ynagan.

Bu haqda The New York Times nashri xabar berdi.

Nashrning yozishicha, AQSh Davlat kotibi yordamchisi Jeyms O'Brayen yaqinda Kiyevga qilgan tashrifi chog‘ida frontdagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun nafaqat artilleriya, balki davlatning safarbarlik harakatlari ham muhimligini ta’kidlagan. "Ukraina jang qilish uchun kerakli odamlarga ega ekanligiga ishonch hosil qilishi kerak", — deya aytib o‘tgan edi davlat kotibi yordamchisi matbuot anjumanida.

Xabarda shuningdek, Ukraina rasmiylari hozir harbiy yoshdagi, jumladan, xorijda bo‘lgan erkaklarni ham ta’qib qilayotganligi, qo‘shimcha qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!