AQSh razvedkasi Eronni ayblamoqda

AQSh razvedkasi Eronni ayblamoqda

Federal qidiruv byurosi va AQShning boshqa razvedka agentliklari respublikachi nomzod Donald Trampning prezidentlik saylovoldi kampaniyasini nishonga olgan xakerlar ortida Eron turgan degan xulosaga keldi.

«Biz bu saylovlar vaqtida Eronning tobora tajovuzkor faolligini, xususan, Amerika jamoatchiligiga qarshi operasiyalarni va prezidentlik kampaniyalarini nishonga olgan kiber operasiyalarni kuzatdik. Bunga razvedka hamjamiyati Eronga tegishli deb hisoblagan sobiq prezident Trampning kampaniyasiga putur yetkazish bo‘yicha so‘nggi hisobotlar ham kiradi», deyiladi Federal qidiruv byurosi Milliy razvedka direktori idorasi hamda Kiberxavfsizlik va infratuzilma xavfsizligi agentligi bilan birgalikda e’lon qilingan bayonotda.

Bayonotda ta’kidlanishicha, Eron «AQSh saylov jarayoniga ta’sir o‘tkazish» uchun «ikkala siyosiy partiyaning prezidentlik kampaniyalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarni» izlagan.

«Eron bu yilgi saylovlarni milliy xavfsizlik manfaatlariga ta’sir qilishi, Tehronning natijalarga ta’sir qilish istagini kuchaytirishi nuqtai nazaridan muhim deb hisoblaydi», - deydi AQSh razvedka agentliklari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!