AQSh Markaziy razvetka boshqarmasi o‘z saytida O‘zbekistonning iqtisodiy ko‘rsatgichlarini chop etdi

AQSh Markaziy razvetka boshqarmasi o‘z saytida O‘zbekistonning iqtisodiy ko‘rsatgichlarini chop etdi

US CIAga ko‘ra O‘zbekiston AQSh Uran bozorining 8% ga egalik qiladi. Qozog‘iston esa 22% ga. Umuman olganda Qozog‘iston AQShdagi metal-kimyoviy moddalar bozorining 30% dan ortig‘iga egalik qiladi. Bu sohada Qozog‘iston 2022-yilda Rossiyani ortda qoldirdi.

Markaziy razvedka boshqarmasi xabariga ko‘ra O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sish ko‘rsatgichlari 2019-2021-yillarda o‘rtacha 6,5% ni tashkil etgan. Bu esa “Evropa iqtisodiy mo‘’jizalar”idan so‘ng mamlakatlar erishgan eng yuqori natija.

US CIAning tahlillarida shuningdek, O‘zbekistondagi 62,6% yerlari qishloq xo‘jaligi yerlari ekanligi aytilgan. Razvetka boshqarmasi shuningdek 2022-yil ko‘rsatgichlariga ko‘ra O‘zbekiston aholisi 31 million 105 ming kishini tashkil etadi deydi (Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra aholimiz soni 36 million kishi). Shuningdek, o‘rtacha ona bo‘lish yoshi 23 yosh, tug‘ruq davomida vafot etish ko‘rsatgichi har 100 000 tug‘ruqqa 29 ta o‘lim holati qayd etilishi aytilgan.

Razvetka boshqarmasi aholi savodxonlik darajasini 100% etib belgilagan. Yoshlarning ishsizlik darajasi esa 16%. Real YAIM 247 milliard $ (2019-yil), 251 milliard $ (2020), 270 milliard $ (2021). Iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatgichlari 5.71% (2019), 1.89% (2020), 7.42% (2021) ni tashkil etgan. Real YAIM odam boshiga 2021-yilda 7700 AQSh dollarini tashkil etgani aytilmoqda (rasmiy ma’lumotlarda 2000$ atrofida). Infilyasiya darajasi 2021-yilga kelib 10.85% ni tashkil etmoqda. 2019-yilda ushbu ko‘rsatgich 14.53% bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!