AQSh kongressiga ilk bor musulmon ayollar saylandi

AQSh kongressiga ilk bor musulmon ayollar saylandi

AQSh kongressiga Minnesota va Detroyt shtatlaridan ikki musulmon ayol saylandi.

Kelib chiqishi somalilik bo‘lgan minnesotalik Ilxon Umar shtat okruglaridan biridagi dastlabki saylovlarda g‘olib bo‘lgandi. U o‘z oilasi bilan Somalidan fuqarolik urushi boshlangandan keyin qochib ketgan. U AQShga ko‘chib o‘tishdan oldin 4 yil Keniyadagi qochqinlar lagerida yashagan. Uning hayoti tarixi va mashhurligi oshayotgani Tramp tomonidan o‘tkazilayotgan qat’iy migrasiya siyosati fonida ayniqsa jalb qiladi. Ushbu migrasiya siyosati tufayli Umar bugungi kunda AQShda boshpana ololmagan bo‘lardi. 

Detroytdan saylangan demokrat Rashid Tloibning raqobatchilari bo‘lmagan. Uning ota-onasi Falastindan bo‘lib, u musulmon aholisi katta bo‘lmagan okruglardagi praymerizda g‘olib bo‘lgandi.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!