AQSh Kongressi Vakillar palatasi Ukrainaga harbiy yordam ajratish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi

AQSh Kongressi Vakillar palatasi Ukrainaga harbiy yordam ajratish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi

AQSh Kongressi Vakillar palatasi Ukrainaga harbiy yordam ajratish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi.

Qonun loyihasini yoqlab 311 kongressmen ovoz berdi, 112 nafari unga qarshi chiqdi.

Tasdiqlangan hujjatda salkam 61 milliard dollarlik yordam ajratish ko‘zda tutilgan.

Bu mablag‘ning qariyb 23 milliard dollari Amerika qurol-yarog‘ zaxiralarini to‘ldirishga, 11 milliard dollari AQShning mintaqadagi operasiyalarini moliyalashtirishga, yana 14 milliard dollarga yaqini zamonaviy qurol-yarog‘ va mudofaa tizimlarini xarid qilishga mo‘ljallangan. 23,2 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Ukrainani qurollantirish uchun ajratiladi.

Bundan tashqari, hujjat AQSh prezidentiga Ukrainani uzoq masofali ATACMS raketalari bilan ta’minlash majburiyatini yuklaydi. Biroq, Oq uy rahbari raketalarning uzatilishi AQShning milliy xavfsizlik manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin deb hisoblasa, bu qarorni keyinga qoldirishi mumkin bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!