AQSh Yevropada oxirgi 25 yil ichidagi eng katta qo‘shinni joylashtiradi

AQSh Yevropada oxirgi 25 yil ichidagi eng katta qo‘shinni joylashtiradi

AQSh 2020 yil fevral-aprel oylarida Yevropaga 20 ming harbiyni vaqtinchalik jo‘natadi. Harbiylar Yevropa davlatlari bilan birgalikdagi mashg‘ulotlarda ishtirok etishadi. 

AQSh qurolli kuchlari brigada generali Shon Barnabining ta’kidlashicha, harbiylar Yevropa bo‘ylab turli mashg‘ulotlarda, jumladan “Evropa himoyachisi 2020”, “Tezkor javob”, “ Shamshir zarbasi”, “Ittifoqdoshlik ruhi”, “Jadal front” kabilarda ishtirok etish uchun taqsimlanadi.  

“Bu amerikalik harbiylarning Yevropada oxirgi 25 yil ichidagi eng katta joylashtirilishidir”, deb aytgan general.

Mashg‘ulotlar tugagach, amerikalik harbiylar AQShdagi joylariga qaytadi. 

Amerikalik harbiylar texnika bilan birga Yevropaga AQShning 4 ta shtatidagi portlardan jo‘natilib, Yevropaning 6 ta davlatiga keltiriladi. So‘ngra ular turli transport bilan mashg‘ulotlar joylariga yetkaziladi.  

“Evropa himoyachisi 2020” mashg‘ulotlarida turli davlatlardan hammasi bo‘lib 37 ming harbiy ishtirok etishi rejalashtirilgan. Amerikalik harbiylarning o‘zi mashg‘ulotlarda 13 mingta texnika birligini qo‘llashi kutilmoqda. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!