AQSh badal to‘lamagani uchun BMT pulsiz qoldimi?

AQSh badal to‘lamagani uchun BMT pulsiz qoldimi?

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish 8 oktyabr kuni xalqaro tashkilot byudjetida oxirgi 10 yillikdagi taqchillik yuz berganini ma’lum qildi. “Noyabr oyiga pulsiz va maoshsiz kirishimiz ehtimoli bor”, – dedi u.

Xabarda aytilishicha, BMTning 2019 yildagi byudjeti 3,3 milliard dollarga teng. Tashkilotga a’zo 129 davlat badal to‘lagan va bu qariyb 2 milliard dollarni tashkil etgan.

Eng yirik badal to‘lovchi hisoblanadigan AQSh hissasiga BMT byudjetining 22 foizi to‘g‘ri keladi. Biroq AQSh o‘tgan yillar uchun qariyb 380 million dollar va joriy yil uchun 670 million dollarni to‘lamadi. Prezident Donald Tramp AQSh to‘lashi kerak bo‘lgan badalni haddan tashqari yuqori deb tanqid qildi.

BMTning tinchlikparvarlik missiyalarining byudjeti alohida bo‘lib, u joriy yilda 6,7 milliard dollarga teng. AQSh mazkur byudjetning 28 foizini to‘lashi kerak, biroq 25 foizini to‘lamoqchi. Ustiga-ustak, avvalgi yillar uchun 2,4 milliard dollar qarzi bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!