AQSh armiyasining sobiq razvedkachisi Skott Ritterning uyi tintuv qilindi

AQSh armiyasining sobiq razvedkachisi Skott Ritterning uyi tintuv qilindi

AQSh armiyasining sobiq razvedkachisi Skott Ritterning aytishicha, uning uyi tintuv qilingan. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Ritter voqeaga Rossiya OAVlari bilan hamkorlik qilganini sabab qilib ko‘rsatdi.

Ritterning ta’kidlashicha, hech qanday jinoyat sodir etilmagan, o‘zi esa xavfsizlik kuchlariga ma’lum bo‘lgan chet el agenti emas. U o‘z uyidagi tintuvlarni AQSh hukumatining "qo‘rqitish harakati" deb atadi.
"Biz urushdamiz va bu men yo‘qotadigan urush emas", dedi Ritter.

Avvalroq Ritter iyun oyida Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan xalqaro iqtisodiy forumda ishtirok etishni rejalashtirgani, biroq u parvozdan chetlashtirilgani haqida xabar berilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!