AQSh Afg‘onistonda mingga yaqin harbiy qoldiradi

AQSh Afg‘onistonda mingga yaqin harbiy qoldiradi

AQSh 11 sentyabrgacha Afg‘onistondan o‘z askarlarini olib chiqib ketish rejasini e’lon qilgan. Biroq Kobuldagi AQSh elchixonasi va aeroportni qo‘riqlash uchun ming nafarcha askar qoldirilishi ma’lum qilindi.

Hozircha NATOning qancha askari Afg‘oniston hududida qolishi noma’lum.

AQSh askarlarining olib chiqilishi Tolibonning kuchayishi va mamlakatda fuqarolik urushi avj olishiga sabab bo‘lishi taxmin qilinyapti. Lekin AQSh baribir askarlarini olib ketmoqchi. O‘tgan hafta Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘anining AQShga tashrifida ham Jo Bayden qarorini o‘zgartirmoqchi emasligini bildirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!