Andijonda og‘ufurushning faoliyatiga nuqta qo‘yildi

Andijonda og‘ufurushning faoliyatiga nuqta qo‘yildi

2022 yil 03 yanvar kuni Andijon viloyati IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, 32 yoshli T.U. Andijon shahar "Yangi hayot" MFY hududida joylashgan avtomobil ehtiyot qismlari bozorida tadbirga xaridor sifatida jalb qilingan shaxsga, sof og‘irligi 2.54 gr bo‘lgan “gashish” giyohvandlik vositasini 500.000 so‘m evaziga sotayotgan vaqtda, ashyoviy dalillar bilan ushlangan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Olib borilgan tezkor tadbir davomida T.U.,ning yonlari ko‘zdan kechirilganida, uning egnida bo‘lgan qora rangli kurtkasining o‘ng cho‘ntagidan bir bo‘lak, sof og‘irligi 0,28 gr bo‘lgan, tezkor tadbirga xaridor sifatida jalb qilingan shaxsga sotilgan, sof og‘irligi 2.54 gr. bo‘lgan “gashish” giyohvandlik vositasidan ortib qolgan “gashish” giyohvandlik vositasini boshqa shaxslarga sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan T.U.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qisim (ozginadan ko‘proq miqdordagi giyohvandlik vositalarini sotish) bilan qo‘zg‘atilgan.

Hozir T.U.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi hamda 25, 273-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayblov e’lon qilinib, “qamoq olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!