Andijonda akasi tomonidan kaltaklangan uka vafot etdi

Andijonda akasi tomonidan kaltaklangan uka vafot etdi

2019 yil 6 fevral kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘z tuman sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topilgan T.D.ga (erkak kishi) oid jinoyat ishi yuzasidan hukm o‘qildi.

T.D. (erkak kishi) 2018 yil 20 iyun kuni soat taxminan 22:00 da Andijon shahar, Sog‘lom turmush MFY, Najot Uzun juft ko‘chasi 320a-uyda joylashgan xonadonda mast holda, bir necha soat avval o‘zi va o‘gay otasi Z.Z. (erkak kishi) bilan uning xonadonida janjallashgani sababli o‘gay ukasi E.Z. (erkak kishi) T.D.ni (erkak kishi) qidirib kelgan vaqtida, T.D. (erkak kishi) o‘zaro janjal natijasida E.Z.ni (erkak kishi) gilos daraxtining qurigan novdasi bilan qasddan old ko‘krak sohasiga, beton bo‘lagi bilan esa bosh qismiga urib tan jarohati yetkazgan.

Sud tibbiy ekspertizasining 2018 yil 6 avgust kunidagi №361-sonli xulosasiga ko‘ra, fuqaro E.Z. (erkak kishi) hayot uchun xavflilik mezoni bo‘yicha og‘ir tan jarohati olganini, ushbu olgan tan jarohati tufayli 2018 yil 2 noyabr kungi komissiyaviy sud-tibbiy ekspertizasining 271-sonli E.Z. (erkak kishi) olgan og‘ir tan jarohatlari oqibatida 2018 yil 3 iyul kuni soat taxminan 02:00 da yashash xonadonida vafot etganligi aniqlangan.

7news.uz ga ma’lum bo‘lishicha, Sud T.D.ga (erkak kishi) O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan Jinoyat Kodeksining 57, 60-moddasiga asosan, uzil-kesil 1 yil 8 oy uddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!