Ana xolos! Poroshenkoga qarshi uchinchi ish ochildi

Ana xolos! Poroshenkoga qarshi uchinchi ish ochildi

Ukraina tergov davlat byurosi “Kuznya na Ribalskom” zavodini sotishda Pyotr Poroshenko tomonidan 300 million dollarni o‘zlashtirib yuborish holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

“Bugun yangi jinoyat ishi ro‘yxatga olindi va “Kuznya na Ribalskom” zavodini sotishda Pyotr Poroshenko ofshor harakatlari oqibatida 300 million dollarni o‘zlashtirib yuborish holati bo‘yicha tekshiruv boshlandi”, - deb ta’kiladi huquqshunos Andrey Portnov.

Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenkoga qarshi uchinchi jinoiy ish bo‘ladi. Bundan avval Poroshenkoga qarshi “Sentrenergo” OAJda lavozimlarni taqsimlashdagi harakatlar hamda davlatga xiyonat ayblovi bilan jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgandi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!