"Amnesty International" Olimpiya o‘yinlari oldidan Fransiyada hijob kiyish taqiqlanganiga qarshi chiqdi

"Amnesty International" Olimpiya o‘yinlari oldidan Fransiyada hijob kiyish taqiqlanganiga qarshi chiqdi

Xalqaro Amnistiya inson huquqlari tashkiloti Fransiyani Parijdagi yozgi Olimpiada o‘yinlarida ayollarga hijobda qatnashishni taqiqlab, xalqaro inson huquqlari qonunchiligini buzganlikda aybladi.

O‘tgan yilning sentyabr oyida Fransiya sport vaziri Fransiya vakili bo‘lgan sportchilarga tadbirlar vaqtida diniy ramzlarni, jumladan, ro‘molni ko‘rsatish taqiqlanishini aytgan edi.

«Ro‘mol o‘ragan fransuz sportchilarining Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishini taqiqlash inson huquqlari bo‘yicha xalqaro qonunlarni buzadi va Fransiya rasmiylarining kamsituvchi ikkiyuzlamachiligi hamda Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining (XOQ) o‘ta zaifligini ko‘rsatadi».
— deyiladi tashkilotning Parijdagi Olimpiada o‘yinlari arafasida chop etilgan yangi hisobotida.

Fransiya sportda hijob kiyishni taqiqlovchi yagona Yevropa davlatidir, bu FIFA, Xalqaro Basketbol Federasiyasi va Xalqaro Voleybol Federasiyasi kabi xalqaro sport tashkilotlari qoidalariga ham ziddir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!