Ukraina Rossiyani Shveysariyadagi “tinchlik sammiti”ga taklif qilmoqchi emas

Ukraina Rossiyani Shveysariyadagi “tinchlik sammiti”ga taklif qilmoqchi emas

Ukraina Rossiyani Shveysariyadagi “tinchlik sammiti”ga taklif qilmoqchi emas.

Bu haqda Volodimir Zelenskiy Reuters agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Rossiya tomoni hamma narsaga to‘sqinlik qiladi. Muzokara olib borish o‘rniga ultimatum qo‘yadi, biz buni ko‘p marta guvohi bo‘lganmiz. Shveysariyadagi sammitning kun tartibi Rossiya xohlaganday bo‘lishi kerak emas", — deya ta’kidladi Ukraina prezidenti.

Zelenskiyning ta’kidlashicha, bo‘lajak sammitdan maqsad bir necha asosiy masalalar bo‘yicha ishtirokchi davlatlarning umumiy pozisiyasini ishlab chiqish bo‘ladi: yadroviy xavfsizlik, Qora va Azov dengizlarida navigasiya xavfsizligi, ukrainalik bolalarning yurtiga qaytarilishi va “hammasiga hammasi” shaklida asirlar almashinuvi.

"Moskva bu haqda kelajakda vositachilar orqali xabardor qilinadi va muzokaralarning keyingi bosqichlariga jalb qilinishi mumkin", — deya qo‘shimcha qildi Ukraina rahbari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!