Amerikalik 15 yoshli daho Time nashrida “Yil bolasi 2024” bo‘ldi

Amerikalik 15 yoshli daho Time nashrida “Yil bolasi 2024” bo‘ldi

U teri saratoni uchun sovun ishlab chiqdi.

Xeman Bekele 6 yoshida Efiopiyada yashab, odamlarni quyoshning zararli ta’siridan himoya qilishni orzu qilib, kimyoga qiziqa boshlagan. Uning fikri: sovunga saratonga qarshi krem ​​qo‘shing. U yosh olimlar tanlovida bu ixtirosi bilan g‘olib chiqdi va 25 000 dollar mukofot egasi bo‘ldi.

Endi Xeman sovunni sichqonlarda sinab ko‘rmoqda.

U 2023 yilda "America’s top young scientist" tanlovida g‘olib bo‘lgan.

Xemanning kashfiyoti oddiy, lekin samarali. U yaratgan krem saraton hujayralarini to‘g‘ridan to‘g‘ri nishonga olib, ularni yo‘q qilishga yordam beradi. Ushbu yondashuv hozirgi davolash usullaridan farqli ravishda hujayralarni aniq mo‘ljallaydi va sog‘lom to‘qimalarga zarar yetkazmaydi.

Bu, ayniqsa, kimyoviy davolash usullarining og‘ir yondosh ta’sirlari bilan kurashayotgan bemorlar uchun katta umid baxsh etadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Bekelening bu ixtirosi shunchaki ilmiy tajriba emas, balki haqiqiy ehtiyojdan tug‘ilgan. U sinfdosh do‘sti bilan saraton haqida suhbatlashgach, bu kasallikning inson hayotiga qanday ta’sir qilishini chuqur anglab yetgan.

Yosh ixtirochining ta’kidlashicha, u barcha odamlar teng va to‘laqonli hayot kechirishga haqli ekaniga ishonadi va bu g‘oya uni ilmiy izlanishlar olib borishga undagan.

Bekelening yutuqlari nafaqat o‘z tengdoshlari, balki katta yoshli mutaxassislar orasida ham e’tibor qozondi. U ko‘plab ilmiy konferensiyalarda ma’ruzalar o‘qishga taklif etilgan.

Xeman Bekele o‘z ixtirosini rivojlantirish uchun mablag‘ yig‘ishga ham harakat qilyapti. U kelajakda bu usulni kengroq miqyosda sinab ko‘rish va undan saratonni davolashda foydalanishni orzu qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!