Alisher Usmonov: "Musulmon sifatida zahar sotmasligim lozim. Tamaki biznesi men uchun mavjud emas"

Alisher Usmonov: "Musulmon sifatida zahar sotmasligim lozim. Tamaki biznesi men uchun mavjud emas"

Asli kelib chiqishi o‘zbek bo‘lgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonov tamaki biznesidan voz kechganini ma’lum qildi.

Forbes jurnalida taniqli musulmon milliarderi Alisher Usmonov haqida yangi tafsilotlar ma’lum qilindi. Unda Alisher Burxonovich, o‘z biznes imperiyasini 90-yillarda boshlaganini va o‘sha paytdan buyon tamaki sotmasligini, musulmon sifatida birovlarni sog‘ligiga zarar keltirmasligini ta’kidladi. Shuningdek, Alisher Usmonov suhbat davomida o‘zbek ekanligidan faxrlanishini, imkon boricha O‘zbekiston uchun foydali ishlar qilishga tayyorligini hamda har doim va har qanday paytda rahbariyat bilan yaxshi munosabatlar o‘rnatishini aytdi. Tadbirkorning aytishicha, uning ruhi xotirjam, vijdoni pok va ayniqsa, o‘z vatani oldida.

Tahlilchilarning hisoblashicha, mashhur rossiyalik magnatning umumiy boyligi 13 milliard dollarga teng.

manba: Fayzbog


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!