Aktrisa Bahora Arslonova Rossiyaga ketish fikridan qaytgani haqida...

Aktrisa Bahora Arslonova Rossiyaga ketish fikridan qaytgani haqida...

«2020 yilning mart oyida turmush o‘rtog‘im bilan Rossiyaga ketish va rejissyorlik sohasida tahsil olishni niyat qilgandim. Karantin cheklovlari sabab niyatim amalga oshmadi. ‘Har narsa yaxshilikka’ deyishganidek, Ramazon oyida homilador ekanim ma’lum bo‘ldi. Rosti, bu mening ikki yillik orzum edi. Shu bois barcha yumushlarni, hatto o‘qish haqidagi qarorimni ham bir chetga surib, bor e’tiborimni sog‘ligimga qaratdim», — deydi Bahora Arslonova.

Shuningdek, u homiladorlik davri yaxshi o‘tayotganini aytib, vazni naqd 55 kilogrammdan 85 kilogrammga ortganini ma’lum qilgan. Shuningdek, bu holat uni havotirga solmayotganini aytib, muhimi, farzandi sog‘lom tug‘ilsa bo‘lganini ta’kidlagan.

«Inson hayoti ish yoki ijoddan iborat emas. O‘z vaqtida oilaga ham e’tibor qaratish lozim. Shu bois, homilador bo‘lgach, barcha ishlarni bir chetga surib faqat o‘zim va farzandim haqida qayg‘urishga qaror qildim. Homiladorlikning to‘qqizinchi oyiga qadar deyarli ko‘chaga chiqqanim yo‘q. Homilador bo‘lishdan avval bir nechta prodyuserlar bilan shartnoma imzolagandik. Baxtga qarshi barchasini rad etishimga to‘g‘ri keldi. Ammo bundan afsuslanmayman», — deydi aktrisa.

Manba: Teznews.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!