Aholi endi koronavirusga qarshi har yili emlanadimi?

Aholi endi koronavirusga qarshi har yili emlanadimi?

SSV Matbuot xizmatining ushbu savoliga vazirlik qoshidagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi, tibbiyot fanlari doktori Sevara Ubaydullayeva javob berdi:

— Vaksinasiya — bu kasallik profilaktikasi, xususan, koronavirus infeksiyasi tarqalishini to‘xtatish va bu virusning olib keladigan inson organizmidagi og‘ir asoratlar hamda o‘lim holatlarini kamaytirishning eng maqbul yo‘li hisoblanadi. Infeksiya tarqalishini jilovlashni nazorat qilish uchun aholining 70-80 foizini vaksinasiya qilish talab etiladi. O‘zingizga ma’lum, O‘zbekistonda allaqachon, ommaviy emlash jarayonlari boshlab yuborildi.

Ammo hozircha bolalar va homilador ayollarga vaksina qilinmayapti. Aholimizdagi emlanganlar sonini 80 foizdan orttirish uchun bu qatlam ham qamrab olinishi talab etiladi. Ayni paytda dunyo olimlari bolalar va homilador ayollar uchun maxsus vaksina ishlab chiqish ustida bosh qotirmoqda. Shu bois, vaksinasiya jarayoni keyingi yillarda ham davom ettirilishi mumkin.  

Bunda yana bir jihatga to‘xtalib o‘tish lozim. Vaksinadan keyin hosil bo‘ladigan immunitet qancha muddatga saqlanishini hali dunyo olimlari to‘liq aniqlagani yo‘q. 

Agarda bu holatda infeksiyaga qarshi antitanachalar uzoq muddat saqlanmasa, ushbu vaksina bilan ham xuddi gripp virusiga qarshi emlanganimiz kabi har yili emlanish talab etilishi mumkin.  


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!