Afsonalarga aylangan Ivan Grozniy. U kim bo‘lgan?

Afsonalarga aylangan Ivan Grozniy. U kim bo‘lgan?

Ivan Grozniy 1530 yilning 25 avgustida Kolomenskoye qishlog‘ida tavallud topgan. 1533 yildan e’tiboran Butun Rusning ulug‘ knyazi va 1957-yildan e’tiboran 1-rus podshosi hisoblanadi. Knyaz Vasiliy III ning o‘g‘li.

Mustabid hokim sifatida xalq uni «Grozniy» («Dahshatli») laqabi bilan atagan. IV 40-yillarning oxiridan Tanlangan rada ishtirokida davlatni boshqargan. Uning davrida Zemskiy soborlar chaqirilgan; 1550 yil Sudebniki tuzilgan. Shuni ham ta’kidlash joizki, uning davrida ilk bora tizimli shaklda boshqaruv va sud islohotlari o‘tkazilgan.

Ivan Grozniy xalqaro aloqalarga urg‘u beradi va birinchi bo‘lib Angliya bilan savdo aloqalari o‘rnatadi (1553). Keyinroq, u Moskvada 1-bosmaxona qurishga farmon bergan.

Ivan Grozniy hukmronligi yillarida Qozon (1552) va Astraxon (1556) xonliklari bo‘ysundirilgan; Boltiq bo‘yiga chiqish maqsadida Livon urushi olib borilgan (1558—83); Sibirni bosib olish boshlangan (1581). Greoazniyning ichki siyosati ommaviy qatl etishlar, dehqonlarni asoratga solishni kuchayishi bilan ajralib turardi. Shuning uchun ham uning nomiga daxshatli so‘zini qo‘shib aytish rusm bo‘lgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!