Afg‘onistondagi portlashlar oqibatida 44 kishi halok bo‘ldi

Afg‘onistondagi portlashlar oqibatida 44 kishi halok bo‘ldi

Afg‘oniston parlamenti quyi palatasiga saylovlar kunida yuz bergan portlashlar oqibatida kamida 44 kishi halok bo‘ldi, 238 kishi yaralandi. Bu haqda Afg‘onistonning «Pajvak» agentligi xabar bermoqda.

Avvalroq Afg‘oniston IIV vakili 20 oktyabr, shanba kuni poytaxt Kobuldagi saylov uchastkalari yaqinida kamida portlash yuz berganini ma’lum qilgan edi.

Mamlakat ichki ishlar vaziri Vois Barmoqning so‘zlariga ko‘ra, 20 oktyabr kuni portlashlar oqibatida kamida 10 polisiyachi, bir harbiy va 17 nafar tinch aholi vakili qurbon bo‘lgan.

Umumiy hisobda 83 nafar fuqaro va huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning 17 nafar xodimi tan jarohatlari olgan.

Barmoqning qo‘shimcha qilishicha, shu kuni butun Afg‘oniston bo‘ylab 192 ta qurolli hodisa, xususan, terrorchilik hujumlari va portlashlari qayd etilgan.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!