Adidas “Barselona” futbolchisi bilan sudlashmoqchi

Adidas “Barselona” futbolchisi bilan sudlashmoqchi

Jahonga mashhur Adidas brendi “Barselona” futbolchisi bilan shartnoma shartlarini bajarmaganligi uchun tovon puli talab qilmoqda.

2013 yilda yarim himoyachi Rafinya Alkantara hamda Adidas kompaniyasi o‘rtasida shartnoma imzolanadi. Unga ko‘ra, futbolchi besh yil davomida o‘yinlarda nemis firmasi butsilaridan foydalanishi va ushbu bitim shu yozda nihoyasiga yetishi rejalashtirilgan edi. Kelishuv bandlariga ko‘ra, Adidas shartnomani yana besh yilga uzaytirish bo‘yicha taklif bilan chiqish huquqiga ham ega edi. Shunday bo‘ldi. Nemislar futbolchiga yangi shartnoma bilan chiqishdi. Ammo Alkantara bu so‘rovga javob bermay, Mizuno firmasi butsilaridan foydalanishga o‘tdi. O‘z navbatida bu harakatlardan kompaniya norozi bo‘lgan.

Adidas futbolchining ustidan sudga shikoyat qilgan. Firma 25 yoshli futbolchidan 90 ming funt sterling miqdorida jarima talab qilmoqda.

Manba: O‘zA


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!