Abbosbek Fayzullayev Yevro-2024da kimga muxlislik qilishini aytdi

Abbosbek Fayzullayev Yevro-2024da kimga muxlislik qilishini aytdi

O‘zbekiston terma va olimpiya terma jamoasi futbolchisi Abbos Fayzullayev SSKA safiga qaytdi.

Abbos Fayzullayev SSKAga qaytib, jamoa bilan yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yubordi. Mashg‘ulot davomida u klub matbuot xizmatiga intervyu berishga ham ulgurdi.

"Ta’til yaxshi o‘tdi, O‘zbekistonda dam oldim. Keyin 3-4 kun Dubayda, quyosh ostida yotib, tiklanish jarayonini o‘tkazdim. Kecha SSKA safiga qaytdim. Bugun 2ta mashg‘ulot o‘tkazdik. Yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yubordik.

Bosh murabbiy bilan biroz suhbatlashdik. Bugun "teoriya"da ishtirok etdim. Bir-birimizni yaxshiroq o‘rganishimiz, tanib olishimiz uchun vaqt yetarli deb o‘ylayman.

Evro-2024da kimga muxlislik qilaman? Menga Ispaniya o‘yini yoqadi, ularga muxlislik qilyapman.

Ijtimoiy tarmoqlardagi video? Toshkentda do‘stlar va tanishlar bilan yig‘ilib, ko‘cha futboli o‘ynadik. Futbolni juda sog‘ingandim. Vaqtimizni maroqli o‘tkazdik".

Eslatib o‘tamiz, Fayzullayev 10 iyul kuni O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi yig‘iniga qo‘shiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!