8 iyul kuni qancha abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi?

8 iyul kuni qancha abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi?

2020 yil 8 iyul soat 18:00 holatiga respublika bo‘yicha jami 566 387 nafar (joriy yilgi bitiruvchilar 291 891 nafar) abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.

Shundan, ta’lim shakli bo‘yicha:

▪️ kunduzgi – 353 562 nafar;
▪️ sirtqi – 203 549 nafar;
▪️ kechki –  9 276 nafar.

Hududlar miqyosida:

1️⃣ Toshkent shahri – 151 321 nafar;
2️⃣ Samarqand viloyati – 59 040 nafar;
3️⃣ Andijon viloyati – 50 315 nafar;
4️⃣ Farg‘ona viloyati – 42  075 nafar;
5️⃣ Surxondaryo viloyati – 35 654 nafar;
6️⃣ Qashqadaryo viloyati – 35 316 nafar;
7️⃣ Namangan viloyati – 33 156 nafar;
8️⃣Toshkent viloyati – 31 215 nafar;
9️⃣ Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 27 423 nafar;
🔟 Jizzax viloyati – 26 312 nafar;
1️⃣1️⃣ Buxoro viloyati – 21 450 nafar;
1️⃣2️⃣ Xorazm viloyati – 19 928 afar;
1️⃣3️⃣ Sirdaryo viloyati – 16 887 nafar;
1️⃣4️⃣ Navoiy viloyati – 16 295 nafar.

Tillar kesimida:

▪️ o‘zbek tilida – 496 547 nafar (87.7 %)
▪️ rus tilida –  54 591 nafar (9,7 %)
▪️ qoraqalpoq tilida – 13 707 nafar (2.3 %)
▪️ boshqa tillarda – 1 542 nafar (0.3 %).

Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar:

▪️ Samarqand davlat universiteti – 32 961 nafar;
▪️ Andijon davlat universiteti – 27 847 nafar;
▪️ Namangan davlat universiteti – 22 385 nafar;
▪️Toshkent davlat pedagogika universiteti – 21 890 nafar; 
▪️Qarshi davlat universiteti – 21 873 nafar.

Eslatib o‘tamiz, abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish joriy yilning 20 iyuliga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!