64-o‘lim: Qashqadaryoda 56 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi

64-o‘lim: Qashqadaryoda 56 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida yashovchi, 56 yoshli B.V. (erkak) joriy yil 5 iyul kunidan 10 iyulgacha tana harorati ko‘tarilib, holsizlik kuzatilgan. 
11 iyul kuni esa tana harorati tushmay, holsizlik va yo‘tal kuchayganligi hamda nafas yetishmovchiligi belgilari paydo bo‘lganligi sababli “COVID-19” infeksiyasiga namuna topshirgan va kasallik tasdiqlangan. 
Bemor og‘ir ahvolda viloyat Ftiziatriya va pulmonologiya markazi reanimasiya bo‘limiga yotqizilgan. Unga “COVID-19” infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi tashxisi qo‘yilgan. Kasalli ikki tomonlama pnevmoniya og‘ir kechishi, nafas yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan. 
Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultasiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan. 
Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib,  yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!