54 yoshli ruhshunos voyaga yetmagan mijozini zo‘rladi

54 yoshli ruhshunos voyaga yetmagan mijozini zo‘rladi

Boshqirdiston sudi o‘zining voyaga yetmagan mijozini zo‘rlagan 54 yoshli ruhshunosga jazo tayinladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 16 yoshli qiz ruhshunos yordamiga muhtojlik sezadi, onasi esa 2016 yilning noyabr oyida qizini ruhshunosga olib boradi.

Qizning ahvoli zo‘ravonlikka qarshi turish va uni anglash imkonini bermasdi, uning ruhshunosi bo‘lmish 52 yoshli erkak esa bundan foydalandi. Qizning nomusiga tekkach, ko‘chaga chiqqanidan keyin bemorining onasiga qizining ruhiy holati jiddiy ekanligi, har xil gaplarni aytishi mumkinligi va bu gaplarga e’tibor qilmasligi kerakligini tayinlaydi.

Erkak sudda o‘z aybini tan olmadi. Ammo sud uni 9 yilga ozodlikdan mahrum etdi. Erkak jazoni tartib kuchaytirilgan koloniyada o‘taydi. Unga shuningdek 5 yil sohasi bo‘yicha ishlash taqiqlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!