50 ta avtomobil ishtirokida ommaviy YTH sodir bo‘ldi (video)

50 ta avtomobil ishtirokida ommaviy YTH sodir bo‘ldi (video)

Los-Anjelesdagi (Kaliforniya) avtomobil yo‘lida katta yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan, oqibatda 50 ta mashinaga zarar yetgan, deya xabar beradi ForumDaily .

Favqulodda xizmat guruhlari avtohalokat oqibatlarini bartaraf etish uchun yo‘lni to‘sib qo‘ygan.

Ommaviy halokat sababi qalin tuman bo‘lgan , deyiladi xabarda.

Los-Anjeles okrugidagi yong‘in xizmati kapitani Ron Xaralsonning ma’lum qilishicha, 12 kishi turli darajadagi tan jarohati olgan. Jabrlanganlar orasida bir yarim yoshli bola bor.

Barcha jabrdiydalarga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!